Maʼlum qilinishicha, 2021-yil 23-dekabr kuni soat 23:30 larda Konimex tumani Karakata OFYning choʻl hududidagi “Lolazor” nomi bilan ataluvchi konida tarkibida oltin zarralari boʻlishi mumkin boʻlgan kumlarni noqonuniy kavlab olish bilan shugʻullanuvchi bir guruh fuqarolarni tosh-qum massasi bosib qolgan.

Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVBning kuch va vositalari hamda FVDTga kiruvchi xizmatlar yetib borgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Buxoro viloyatidan boʻlgan 5 nafar fuqaroning jasadlari topilgan va sud-tibbiy ekspertizasini oʻtkazish maqsadida, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Taʼkidlanishicha, ushbu hodisa oqibatlarini bartaraf etishga 5 ta texnika va 63 nafar xodim hamda ishchi-xizmatchi jalb etilgan.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyat boʻyicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish uchun Navoiy viloyati IIB va Konimex tuman IIB TTG xodimlari hamda Konimex tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.