Hodisa kecha, 23-may kuni taxminan soat 17:00 larda Kitob tumani “Bogʻbon” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Qashqadaryo daryosida sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, 9 yoshli bola velosiped minib ketayotgan vaqtda muvozanatini yoʻqotib, daryoga tushib ketgan. Buni koʻrgan uning akasi atrofdagilarni yordamga chaqirib baqira boshlagan.

Bolalarning ovozini daryo yaqinida istiqomat qiluvchi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi, mayor Husniddin Sharapov eshitib qolgan va zudlik bilan daryoga sakrab, bolani qutqarib qolgan.

Hozirda bola uyida boʻlib, uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, mayor Husniddin Sharapov Kitob tumanidagi qutqaruv qismlaridan birida guruh komandiri lavozimida xizmat qiladi.