Joriy yilning 21-mart kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati FVBga, Boysun tumanida yashovchi fuqaro yashash uyidan 20 m uzoqlikda joylashgan adirlikka tomosha qilish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida taxminan 25-30 metr pastlikka sirpanib tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni jarlikdan chiqarib olgan va uning hayotini saqlab qolishgan. Shundan so‘ng tibbiyt xodimlarigi topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.