Bu haqda FVV xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 26-oktyabr kuni soat 02:47 da Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Denov tumanidagi M-41 avtomobil yoʻlining “Lochin” mahallasi hududidan oʻtuvchi qismida “Cobalt” rusumli avtomashina boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning oʻng tomonidagi zovurga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
FVV qutqaruvchilari murojaat asosida voqea joyiga tezda yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomashinani zovurdan chiqarib oldi.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi hodisa sodir boʻlgan zahoti xavfsiz hududga chiqib olgan va jarohat olmagan.