Yaksasaroy tumanida qurilgan 12 qavatli turar joy majmuasida bir qator kamchiliklar aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, u “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etiladigan arizani ijobiy hal qilib berish evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif etgan.
Xodim holat yuzasidan tegishli tartibda masʼul idoralarni xabardor qilgan. Shundan soʻng Davlat xavfsizlik xizmati, FVVning SHXB hamda IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida MCHJ rahbari poytaxt FVBB xodimiga pul mablagʻini berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.