Bunga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asos boʻlgan.
TDYUU Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Sherzod Poʻlatovning soʻzlariga qaraganda, yil davomida Gʻafur Gʻulom ijodi bilan bogʻliq kitob yarmarkalari, yangi asarlar taqdimotlari, badiiy va hujjatli filmlar namoyishi, turli tanlovlar, festivallar, viktorinalar oʻtkazish, adib yashagan manzillarga ilmiy-maʼrifiy ekspeditsiyalar uyushtirish rejalashtirilgan.
Joriy oʻquv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida taʼlim olayotgan yoki ishlayotgan badiiy havaskor yoshlar tanlov asosida “Ilhom” mukofotiga ham tavsiya etiladi.
Gʻafur Gʻulom nomidagi maxsus stipendiyaga esa har bir fakultetdan bir nafardan talaba sazovor boʻlishi mumkin. Nomzodlar oʻqish va ijodda faol, kitobxonlik targʻibotiga munosib hissa qoʻshayotgan yosh qalamkashlar orasidan tanlab olinadi. Stipendiyani qoʻlga kiritish uchun ular test sinovidan oʻtishi kerak.
Gʻafur Gʻulom nomidagi koʻkrak nishoni bilan nafaqat ijodkor talabalar, balki oʻqituvchilarni ham taqdirlash koʻzda tutilgan. Bu holda gʻoliblarga bir martalik pul mukofoti taqdim etiladi.