Qabul qilingan nizomda Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmasligi va uning mablagʻlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining (keyingi oʻrinlarda – Majmua) byudjetdan tashqari mablagʻlarini saqlash uchun depozit hisobvaragʻida jamlanishi belgilangan.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
- Majmuaga va uning obyektlariga kirish uchun chiptalar sotishdan tushgan mablagʻlar:
- Majmua mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
- tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilgan vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarga hisoblangan foizlardan tushgan daromadlar;
- koʻrgazmalar tashkil etishdan va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
- homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
- Majmuaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish tadbirlari uchun – 75%dan kam boʻlmagan miqdorda;
- harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun – 25%dan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga (11.12.2017-yildagi 975-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagilar kiritildi:
- Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi;
- Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi.
Qaror Prezidentning 9.09.2020-yildagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4820-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.