Beruniy tumani U.Jumaniyazov mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi “Xudoybergenov Shukurulla” fermer xoʻjaligida 5 gektar gʻalladan boʻshagan maydon, 20 nafar “Ayollar va yoshlar daftari” da turgan yoshlar va xotin-qizlarga kartoshka ekish uchun boʻlib berildi.
Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki bozorda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining arzon boʻlishligi maqsadida takroriy ekin ekish keng turda olib borilmoqda.
Oʻtgan yili mazkur maydonlarda sabzi ekilgan boʻlib, 10 sotix maydondan 5 tonna sabzi olib oilaviy daromadiga hissa qoʻshgan. Bu yilda kartoshka ekilib, hosil olish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi.