Qayd etilishicha, “Hududgaz Jizzax“ GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Gʻallaoroltumangaz“ GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tumanning Samarqand koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, “zangori yoqilgʻi“dan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 354 million soʻmlik zarar aniqlandi.