Gaplashib yurgan qizining foto va videolarini tarqatmoqchi boʻlgan tovlamachi ushlandi

    Xavfsizlik 10 Iyun 2023 1796

    U qizning foto va videolarini tarqatmaslik uchun 1,5 mln soʻm talab qilgan.

    Termiz tumani “Qoraxon” mahallasida yashovchi Oysara Hamidova (ism-sharifi oʻzgartirildi) Termiz shahri “Navroʻz” mahallasida yashovchi Shokir Panjiyev bilan tanishib qoladi.

    O.Hamidova biroz muddat Sh.Panjiyev bilan ishqiy munosabatda boʻladi.

    Shundan soʻng, Sh.Panjiyev ishqiy munosabatda boʻlib kelgan yalangʻoch holatdagi foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborishini aytadi.

    O.Hamidovani qoʻrqita boshlaydi va undan 1 500 000 (bir million besh yuz ming) soʻm miqdorida pul talab qiladi.

    O.Hamidovaning arizasiga asosan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri “Kattabogʻ” mahallasi hududida joylashgan supermarket oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sh.Panjiyev O.Hamidovadan tovlamachilik yoʻli bilan undan 1.500.000 soʻm pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Sh.Panjiyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.