Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.R. tijorat bankidan olingan krediti evaziga garovga qoʻyilgan “Sinotruk Howo” rusumli yuk avtomashinasi va tirkamasini fuqaro T.Q.ga 820 mln soʻmga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, avtomashina hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, uning 420 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.