Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.X. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga turmush oʻrtogʻi rahbarligidagi “O.K.” fermer xoʻjaligiga qarashli, bank muassasasida garovga qoʻyilgan 2 gektar maydondagi chorvachilik bino inshooti va yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan kelishgan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.