Auktsion iyun` oxirida Los-Anjelesda bo'lib o'tadi. Ta'kidlanishicha, Warner Brothers kinokompaniyasi Garri Potterning sehrli tayoqchasini ham kim oshdi savdosiga qo'yadi.
“Ushbu buyumlarning har biri 30.000 dan 50.000 dollargacha baholanmoqda. Barcha mablag' xayriya ishlariga sarflanadi”, dedi auktsion tashkilotchilaridan biri Mett Trueks.
Shuningdek, Xarrison Ford “Indiana-Jons va Taqdir ibodatxonasi” fil`mida kiygan shlyapasi kim oshdi savdosida sotilishini e'lon qildi. Shlyapa 250-350 ming dollarga baholanmoqda.
Bundan tashqari, kollektsionerlar “Terminator”, “Betmen” va boshqa taniqli fil`mlarning suratga olinishida ishlatilgan buyumlar uchun raqobatlasha oladi.
Eslatib o'tamiz, Britaniyalik yozuvchi J.K.Rouling qalamiga mansub “Garri Potter” kitobining birinchi nashri Londondagi Bonhams kim oshdi savdosida rekord darajada 140 ming dollarga sotilgan edi.