“Yongʻin oʻchirish harakatlari davom etar ekan, bugun Laxaynadagi kuchli yongʻin oqibatida yana 17 kishi halok boʻlgani tasdiqlandi, qurbonlar soni 53 nafarga yetdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Maui orolidan 14 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Yana 14,5 ming nafar odam olib chiqilishi kutilmoqda.
Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, Laxaynadagi yongʻin 80 foizga oʻchirilgan, biroq oʻn minglab Maui aholisi hamon elektr taʼminotidan uzilib qolgan.
Tabiiy ofat tufayli 271 ta infratuzilma obyekti vayron boʻlgan yoki ularga zarar yetgan. Oʻnlab odamlar jarohatlangan, deb xabar beradi korrespondent.net.