13 ming aholiga ega Laxayna shahri butunlay yonib ketdi. Tinch okeani tabiiy ofatlar markazi ma'lumotlariga ko'ra, 2000 dan ortiq inshoot zararlangan yoki vayron bo'lgan va ularning aksariyati turar-joy binolaridir.
Qutqaruvchilar hozirgacha yong'indan talafot ko'rgan hududning atigi 3 foizini ko'zdan kechirishdi. Bu qurbonlar soni ortishi ehtimoli borligini anglatadi. Omon qolgan besh mingga yaqin odam vaqtinchalik joylashtirish markazlariga yuborildi, deb xabar beradi mir24.tv.
Gubernatorning so'zlariga ko'ra, taxminan olti milliard dollar moddiy zarar ko'rildi.