Tuttosport nashri har yili koʻhna qitʼa davlatlari oliy divizionida oʻynaydigan 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchini aniqlab, unga Golden Boy mukofotini topshiradi.
Oʻtgan mavsum ushbu sovrin “Barselona” yarim himoyachisi Pedriga nasib qilgan edi. Bu yil ham sovrin Barselonaga ketadigan boʻldi. Nashr talqini boʻyicha ushbu jamoa yarim himoyachisi Gavi Golden boy-2022 nominatsiyasi gʻolibi deb topildi. U oʻtgan mavsumda “Barsa”ning asosiy tarkibidagi debyutini oʻtkazdi va tezda asosiy tarkibda aʼzosiga aylandi.
Sovrin shu yilning 7-noyabr kuni Turinda topshiriladi.
Golden Boy sovrini 2003-yili Tuttosport gazetasi bosh muharriri tomonidan taʼsis etilgan.