Suhbat chog‘ida tomonlar mintaqada giyohvand moddalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va qo‘shma chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.
MOMAMM direktori O‘zbekistonda giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni, mamlakatimizning Markazga a’zo boshqa davlatlar bilan samarali hamkorligini yuqori baholadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.