Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan Gazli gazni qayta ishlash zavodiga kondensat yetkazib beruvchi ushbu quvur “Oʻzbekneftgaz” AJning hududiy komplayens inspektorlari va Boshqarmaning qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan zudlik bilan oʻrganib chiqildi. 

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda quvurdan taxminan 600 metr uzoqlikda qumga koʻmilgan rezina shlang hamda poliyetilen plyonka bilan qoplangan, oʻlchami 2x4 metr kavlangan chuqur aniqlandi.

Kuzatuvlar jarayonida xodimlarda Boshqarmaga qarashli uzunligi 66 km boʻlgan magistral quvur yoʻnalishida nomaʼlum shaxslar boshqaruvidagi, davlat raqami yashirin boʻlgan “UAZ” rusumli avtoulovlarning serqatnov boʻlib qolgani shubha uygʻotdi.

Oʻrganishlar natijasida mazkur yoʻnalishdagi quvurga oʻrnatilgan yana bitta xomut va undan taxminan 700 metr uzoqlikgacha tortilgan shlang hamda poliyetilen plyonka bilan qoplangan hajmi 10x2,5m boʻlgan hovuz topildi.

Ushbu holatlar boʻyicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.