Shu munosabat bilan, Yashnobod tumani “Mahtumquli” ko‘chasidagi 14 ta ko‘p qavatli uylarning 588 tasi va “Aviasozlar” mavzedagi ko‘p qavatli 60 ta aholi xonadoni hamda "MAKRO" supermarketi soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi, deyiladi “Hududgaz Toshkent shahar” MCHJ xabarnomasida.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent shahar” MCHJ ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.