2023-yil mart oyi Navoiy viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida Qiziltepa tumani, «Malikobod» MFY hududida joylashgan Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli «Xoʻjahasan» gaz taqsimlash stansiyasi sanoat kollektoriga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilgani maʼlum boʻldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Maʼlumot uchun, ushbu sanoat kollektori orqali tadbirkorlik subyektlariga qarashli 3 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi va 3 ta issiqxona xoʻjaliklariga tabiiy gaz yetkazib beriladi.
Ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda «Oʻzneftgazinspeksiya» telegram kanali.