Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Gʻazalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga berish uchun “E-auksion” platformasiga joylashtirildi.
Auksionda ishtirok etuvchilarning arizalarni shu yilning 3-oktyabr kuni soat 09:00 ga qadar topshirishi kerak boʻladi. Auksion shu yilning 3-oktyabr kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Ushbu auksionda ishtirok etishni xohlovchi tadbirkorlar havzani ijaraga olish va foydalanish tartiblari boʻyicha maʼlumotlarni yuqoridagi havola orqali bilishlari mumkin.