“Uzbekistan Airports” poytaxt aeroportidagi tijorat maydonlarini auksionga qoʻydi

    Transport 4 Mart 2025 637

    “Uzbekistan Airports” kompaniyasi E-auksion.uz elektron platformasiga Toshkent xalqaro aeroporti va qurilayotgan yuk terminalidagi maydonni ijaraga olish uchun bir nechta lotlarni joylashtirdi.

    Qayd etilishicha, savdolar E-auksion.uz platformasida boʻlib oʻtadi.

    Uchib ketish terminalida maslahat-bank xizmatlari koʻrsatish shoxobchasini joylashtirish uchun ikkinchi qavatda 10 kv.m maydonga ega hudud. Xorijiy aviakompaniya vakolatxonasi peshtaxtasini joylashtirish uchun 8 kv.m maydonga ega hudud va Uchib ketish zalining steril hududida xalqaro brend ostida faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish shoxobchasini joylashtirish uchun 30 kv.m maydoni savdoga qoʻyilgan.

    Uchib kelish zalida CIP-lounge — umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etish uchun 40 kvadrat metr maydonga ega hudud. Shuningdek, aeroport hududida 72,59 kv.m maydonli bino aviatsiya tozalashini oʻtkazish uchun perronga chiqish imkoniyati bilan ijaraga beriladi.

    Shuningdek, yangi yuk terminalining maʼmuriy binosida umumiy ovqatlanish shoxobchasi (oshxona) ni joylashtirish uchun 132,2 kv. m maydon ijaraga beriladi.

    Auksion savdosi 11 va 13-mart kunlari E-auksion.uz elektron platformasida boʻlib oʻtadi.