Tekshiruvda “K.I.” MCHJning ohak ishlab chiqarish sexida oʻrnatilgan gaz hisoblagich uskunasiga tashqaridan taʼsir koʻrsatish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 205,6 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.