“Gazli” gazni qayta ishlash zavodida 4G aloqasi yoʻlga qoʻyildi

    Energetika 27 Oktabr 2020 1569

    “UZMOBILE” kompaniyasi tomonidan “Gazli” gazni qayta ishlash zavodiga 4G aloqa tarmogʻi oʻrnatilib, sifatli aloqa tizimi yoʻlga qoʻyildi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining hududlarida, shu jumladan, “Gazli” gazni qayta ishlash zavodida mobil aloqa tizimi talab darajasida emas edi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJning doimiy hamkori sanalgan “Oʻzbektelekom” AJning “UZMOBILE” kompaniyasi tomonidan “Gazli” gazni qayta ishlash zavodiga 4G aloqa tarmogʻi oʻrnatilib, sifatli aloqa tizimi yoʻlga qoʻyildi.

    Hududiy menejer Ortiqboy Roʻzmetovning maʼlum qilishicha, sinov natijalariga koʻra, aloqa sifati yaxshilanib, endi bu yerda ham yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari va sifatli aloqa xizmatidan foydalanish imkoni yaratildi.

    Oʻzbekneftgaz AJ Matbuot xizmati