Texnik suvdan ichimlik suvi ishlab chiqariladi

    Energetika 15 Sentabr 2021 2423

    Gazli gazni qayta ishlash zavodida ichimlik suvi ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli Gazli gazni qayta ishlash zavodlariga yetkazib berilayotgan texnik suvdan sifatli ichimlik suvi tayyorlash qurilmasini xarid qildi.

    Bu borada “EKO QOʻMPANI” xususiy firmasi bilan “Teskari osmosli suv tozalash qurilmasi” yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi.

    Hozirgi davrda teskari osmos sistemalari, suv tozalash uskunalari bozorida keng tarqalyapti. Teskari osmos sistemalari maishiy xoʻjalik va ichimlik suvlarni tozalash uchun moʻljallangan boʻlib, yer osti, shoʻr suvlarni chuqur tozalab, 90-99 foizgacha ichida boʻlgan moddalardan filtrlaydi.

    Gazli gazni qayta ishlash zavodi va “EKO QOʻMPANI” xususiy firmasi mutaxassislari bilan birgalikda “Teskari osmosli suv tozalash qurilmasi” oʻrnatildi va ishga tushirildi.

    Ushbu suv tozalash qurilmasi soatiga 500 litr ichimlik suvini qayta tayyorlab, ishchi xodimlarga yetkazib berishga xizmat qilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.