G'azo sektoridagi holat og'irlashdi. Yuz minglab falastinlik oilalar janglar tufayli uylarini tashlab janubga ko'chishga majbur bo'ldi.
Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) allaqachon ularni joylashtirish uchun 154 ta boshpana hozirlagan, biroq ularning barchasi odamlar bilan to'lgan. Yuzlab odamlar bitta hojatxona va dushdan foydalanmoqda.
Falastinning WAFA axborot agentligi Isroilning davom etayotgan bombardimonlari paytida Rafahda oziq-ovqat uchun navbatda turgan odamlarning video tasvirlarini namoyish etdi. Bu hududda bir qop unning narxi allaqachon 200 dollarga ko'tarilgan.
BMTning bildirishicha, telekommunikatsiya kompaniyalarining ma'lumotlar va aloqa markazlari 48 soat ichida yoqilg'isiz qolib ketishi mumkin, deb xabar beradi ru.euronews.com.