Bu haqda Qatarning “Al Jazeera” telekanali ma'lum qildi.

Unga ko'ra, otishma va portlashlar vaqtida kamida 52 nafar falastinlik, jumladan, G'azo shahridagi maktabda 12 nafar, anklavning markaziy qismidagi Dayr al-Balohdagi gavjum bozorda 9 nafar odam halok bo'ldi.

Telekanalning qayd etishicha, G'azo sektori shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageridagi turar-joy binosiga uyushtirilgan hujum tufayli bir necha kishi hayotdan ko'z yumdi, yaralanganlar ham bor.

Shuningdek, harbiylar anklav janubidagi Rafah shahrida va qo'shni Xon-Yunisda bir nechta binolarni portlatdi, deb xabar beradi report.az.