Qarorga muvofiq, mazkur nizom gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini ham belgilaydi.

Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish bu inson salomatligining qaytarib boʻlmas buzilishlariga olib keluvchi va qon hosil qilish vazifalarini amalga oshira olmaydigan shikastlangan hujayralar oʻrniga retsipiyentga oʻzining sogʻlom suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini yoki tirik donorning suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.

Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentning qarindoshlari hamda u bilan qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaxslar ham tirik donorlar boʻlishi mumkin.

Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak xujayralarini transplantatsiya qilish faqat Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.

Shuningdek, transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalar nizomga kiritildi.