Bu haqda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun boʻlimning ochilish marosimi boʻlib oʻtgan va unda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova ishtirok etgan.

Maʼlum boʻlishicha, hozir viloyatda surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan 41 nafar bola “D” nazoratida turadi. Ular doimiy ravishda dializ muolajalarini olishga muhtoj hisoblanadi.

Shu paytgacha bemor bolalar gemodialez oʻtkazish uchun Toshkent shahridagi ilmiy markazlarga yuborilgan. Endi bunday turdagi bemor bolalarga viloyatning oʻzida tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati paydo boʻldi.

Taʼkidlanishicha, markaz qoshidagi gemodializ boʻlimiga 2020-yil oktyabr oyida 749 million soʻm evaziga ikkita suv nasosi, 748,5 million soʻmga 5 ta gemodialez apparati olib kelib oʻrnatilgan. Bino 75 mln soʻm mablagʻ hisobidan joriy taʼmirlangan.

Boʻlimda ishlash uchun kadrlar Toshkent shahridagi “Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi ilmiy markazi”da birlamchi ixtisoslashtirishdan oʻtkazilgan.