Nizomda genetik sinovlarni o'tkazuvchi laboratoriyalarga qo'yiladigan talablar belgilangan. Hujjatdan shuningdek,  naslchilik mahsulotining kelib chiqishini tasdiqlovchi  DNK markerlari,  irsiy kasalliklar ro'yxati ham joy olgan.

"Genetik sinov o'tkazishning yagona tartibi EOIIda chorvachilik mahsuldorligini oshirish, shuningdek, o'zaro savdo-sotiqda naslchilik mahsulotlarining   aylanish jarayonini tartibga solish imkoniyati beradi", degan EOII  Komissiyasi  hay'at a'zosi  Artak Kamalyan.

Nizom  EOII shartnomasi va 2019 yil oktyabr`  oyida ittifoqqa a'zo  hukumat rahbarlari tomonidan imzolangan "EOII doirasida qishloq xo'jalik hayvonlarini tanlash va ko'paytirishni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida"gi bitimga muvofiq ishlab chiqilgan.

“O'zbekoziqovqatxolding”

axborot xizmati