Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani “Soʻgʻdiyona” MFY hududida Gentra avtomobili transformatorga urib ketishi oqibatida elektr taʼminotida uzilish boʻlgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali xabariga koʻra, “Soʻgʻdiyona” MFY hududidagi “Gandumtosh” tarmogʻidan chiquvchi 257-sonli transformatorni Gentra avtomobili urib ketishi oqibatida elektr taʼminoti uzilgan. Haydovchiga tan jarohati yetmagan.
Ayni paytda voqea joyiga tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari tomonidan zaxira transformatori olib kelinib, transformatorni almashtirish va elektr taʼminotini tiklash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.