"Gentra" uchun navbatdagi kontraktatsiya ochilgani rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda 5 ming ta Chevrolet "Gentra" avtomobili uchun navbatdagi kontraktatsiya ochilishi haqida xabarlar tarqaldi.

    "UzAuto Motors" AJ tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    "UzAuto Motors" AJning maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda 5 ming ta Chevrolet Lasetti/Gentra avtomobili uchun navbatdagi kontraktatsiya toʻgʻrisida tarqalgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    Kompaniya oʻz faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ishonchli axborotlarni UzAuto Motors rasmiy kanallaridan olish mumkin.

    OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun Oʻzbekiston qonunchiligiga binoan maʼmuriy javobgarlik koʻzda tutilganligini eslatib oʻtamiz, deyiladi xabarda.