Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma — har bir inson hayotida dastlabki rasmiy hujjat hisoblanadi. U fuqarolik pasporti kabi bolaning shaxsini tasdiqlaydi.

Bu muhim hujjatga ega bo'lmagan ota-onalar farzandining manfaatlarini himoya qila olmaydi. Axir ma'nan, tug'ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo'lmaslik — rasmiy qayd etilmaganlik demakdir, buningsiz esa — kishi umuman mavjud emas desa ham bo'ladi. Bola ismidan boshqa hech narsaga ega emas, u bo'lsa ham hech qaerda qayd etilmagan.

Masalaning dolzarbligi, shuningdek, e'tibordan chetda qolib ketsa kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlarni inobatga olgan holda, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 2018-yil umummilliy ijtimoy aktsiyani o'tkazish tashabbusi ilgari surilgandi. Aksiyaning asosiy yo'nalishi etib tegishli tartibda qayd etilmagan tug'ilganlik holatlari aniqlanishi va to'liq xatlovdan o'tkazilishi belgilangan. Aksiya boshlangan ilk davrdayoq uyma-uy yurish natijasida, joylardagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO bo'limlari xodimlari tomonidan aniqlangan Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan haq-huquqlaridan to'laligicha foydalana olmayotgan bolalardan 13 mingga yaqiniga tegishli hujjat topshirilgandi.

So'nggi 3 yil davomida FHDYO bo'limlari tomonidan 81 mingdan ortiq tug'ilishi o'z vaqtida qayd qilinmagan bolalarga tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilgan.

Oila kodeksiga asosan, tug'ilishni qayd etish uchun fuqarolar bola dunyoga kelganidan boshlab 1 oy ichida FHDYO bo'limiga murojaat qilishlari lozim. Belgilangan muddatning o'tib ketganligi tug'ilganlikning qayd etilishiga to'sqinlik qila olmaydi.

FHDYO organlarida guvohnomalarning sarflanishi, ularning saqlanishi shuningdek, gerbli guvohnomalar bilan ishlash huquqiga FHDYO organi mudirlari shahsan mas'ul hisoblanib, qayd etilgan harakatlar bo'yicha tegishli guvohnomlarni fuqarolarga taqdim etish uchun qonunchilikka binoan, FHDYO organi xodimi mas'ul hisoblanadi.