Yigʼilishda joriy yilning avgust oyida boshlanadigan bir loyihada birlashtirilgan “Oʼzbekistonda agrobiznes sektorini mustahkamlash va tegishli moliyaviy xizmatlar koʼrsatish orqali qishloq hududlarini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash” va “Masʼuliyatli moliya” loyihalari 2028-yilga qadar davom etishi koʼzda tutilgan.

"Shuningdek, yigʼilish qatnashchilari Oʼzbekistonning moliya, agrar va sugʼurta sektorlari boʼyicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama etishdi", deya xabar berdi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.