Mehmonlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

SCHNEIDER GROUP kompaniyasi Germaniyaning oʻrta va kichik biznes Federal Assotsiatsiyasining rasmiy vakili sifatida joriy yil iyun oyida ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun qiziqarli boʻlgan soha va davlat aktivlari boʻyicha “virtual” tur tashkil etish taklifini bildirdi va tomonlar ushbu takliflarni qoʻllab-quvvatladilar, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

Muloqot soʻngida ikki tomonlama aloqalarni yana-da kengaytirishga kelishib olindi.