Germaniya elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Germaniyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinnerni qabul qildi.

    "Germaniyaning Oʻzbekistondagi Elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinner janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Janob Elchining ushbu lavozimdagi faoliyati davomida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorlik aloqalarini boyitish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

    Tilo Klinner 2021-yildan buyon Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2018-yildan 2021-yilgacha Qozogʻistondagi elchi sifatida ishlagan.