Vazirlik matbuot kotibi Anna Kautsga koʻra, vazir kecha ertalab hukumat yigʻilishida qatnashgan. U yigʻilishda gigiyena qoidalariga muvofiq tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlgan. Kundalik ishini davom ettirgan vazirda tushdan soʻng shamollash alomatlari kuzatilgach test topshirgan. Ayni paytda uy karantiniga olingan. Atrofidagi xodimlarga test topshirish haqida buyruq berildi.
Test natijalari chiqqunga qadar ular masofadan turib ishlaydi. Germaniyada Covid-19 yuqtirganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Robert Kox instituti mutaxassislari hamda Germaniya sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari fikricha, mamlakatda havoning sovib borishi natijasida anʼanaviy mavsumiy shamollash va gripp kasalliklari tufayli koronavirus xavfi oʻsib borishini bildirgan.