Germaniya supermarketlarida Oʻzbekistondan keltirilgan Mirzachoʻl qovunlari paydo boʻldi

    Agrosektor 23 Iyul 2021 1671

    Soʻngi yillarda Yevropaning har xil mamlakatlarida, jumladan Germaniyada ham Oʻzbekistonning qishloq xoʻjalik mahsulotlariga talab oʻsib boryapti.

    Bunga misol — Germaniyaning Edeka Kohler supermarketiga Oʻzbekistondan qovun yetkazib berilishining boshlanishidir.

    2021-yil 16-iyulda Lar shahrining Edeka markaziga toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekistondan barra uzilgan qovunlar kelib tushdi. “Torpeda” yoki “Mirzachoʻl” qovuni oʻzining hajmi va oʻzgacha taʼmi bilan mashhur, deb yozadi Edeka Kohler oʻzining Facebookdagi sahifasida.

    Supermarketdagilar “oʻz peshtaxtalarida ushbu noyob tovarning borligidan xursand”. Bu qovunlar Oʻzbekistondan ancha olisda ham tanilgan. Ular asosan Rossiya va Sharqiy Yevropada qadrlanadi. Bu navdagi qovunlar oʻzining oppoq rangi, laxmligi va namga toʻyinganligi, nozik taʼmi va bebaho hidi bilan ajralib turadi deb taʼriflaydi AgroExpoUzbekistan.

    Oʻzbekiston qovunlari bilan toʻldirilgan birinchi yuk avtoulovi Lardagi Arena savdo markaziga kelib toʻxtadi. Savdo markaziga Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek boshqa siyosiy va ishbilarmon doiradagi mehmonlar ham tashrif buyurgan.

    Qovunlarning ilk bor yetkazilishi — bu Oʻzbekistondan keltirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari importi va hamkorlikning kengayishi uchun belgi boʻlib xizmat qiladi, deb yozadi EastFruit