Elementar taʼlim: maktab taʼlimining 1-bosqichiga tegishli boʻlib, maktabgacha muassasalar kiradi. Bular asosan bolalar bogʻchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʻlib, bolalar ota-onalar xohishiga koʻra 3 yil davomida ixtiyoriy qatnaydilar. 

Taʼlimning birinchi bosqichi (Primastufe). Yaʼni, boshlangʻich taʼlim. Bunga bolalar 6 yoshdan qatnay boshlaydi. Oʻqish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. 

Bu bosqichdagi taʼlimning maqsadi – bolalarga taʼlimning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda taʼlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat. 

Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yoʻnalishli bosqich”dir. Bunda bolalarni ularning iqtidoriga koʻra oʻquv muassasalarining kerakli turiga yoʻnaltiriladi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. 
Oʻquvchilar taʼlim haqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina oladilar. 

Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy taʼlim va muassasalarda kasbiy taʼlim kiradi. Muassasalarda kasbiy taʼlim “dual tizim” deb ham ataladi. Unda taʼlim va ishlab chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu oʻqishni tugatish oʻrta taʼlimni tugatish bilan teng boʻlib, yakunida faqat kasbiy sohada oʻqishni davom ettirish mumkin. 

Gimnaziyada 3 yil oʻqib, oʻquvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy oʻquv yurtiga kirishga imkon beradi. 

Taʼlimning uchinchi bosqichi oliy maʼlumot haqida diplom beruvchi oliy oʻquv yurtlari va malaka oshirish oʻquv muassasalari.

Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. Fuqarolar 6 yoshdan 18 yoshgacha majburiy tartibda taʼlim olishi nazorat qilinadi. 

Maktab taʼlim tizimi kuyidagi bosqichlarga boʻlinadi: 
• boshlangʻich (primarstufe), 
• oʻrta (sekundarstufe I) 
• yuqori (sekundarstufeII) 

Maktabgacha taʼlim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalarda oʻz fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirib, boshlangʻich taʼlimga tayyorlaydi. Shu bois ham olmonlar bogʻchalarni "tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. 

Boshlangʻich taʼlimda dastlabki 2 yil mobaynida oʻquvchilar baholanmaydi. Oʻqituvchilar baho oʻrniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va oʻzlashtirish tavsifnomasi beriladi.