Izlar Quyi Saksoniyadagi Sheningen paleolit majmuasi hududidan topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, oyoq izlari Geydelberg odamiga (Homo heidelbergensis) tegishli. Olimlar ularning yonida yovvoyi hayvonlarning izlarini ham topishdi, bu esa olimlarga o'sha davr ekotizimining manzarasini tasavvur qilish imkon beradi.
Olimlar uchta gominid izlarini aniqladilar – ular Germaniyada topilgan eng qadimgi odam izlari, deb xabar beradi mir24.tv.