Aviakompaniya ma'lumotlariga ko'ra, bundan tashqari, so'nggi 14 kun ichida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrikada bo'lgan va uchinchi davlatlar orqali O'zbekistonga kirib kelgan O'zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'z hisobidan 14 kunlik karantinga olinadi.   

Avvalroq koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi. U nafaqat Buyuk Britaniyada, balki Daniya, Gollandiya, Italiya va Avstraliyada ham topilgan.

Olimlarning fikriga ko'ra, virusning yangi shtammi sentyabr` oyida paydo bo'lgan va noyabr` oyining o'rtalariga qadar aholi orasida oz miqdorda tarqaldi. Belgilangan cheklovlarga qaramay Kent grafligida kasallik kamaymayotgani sababi o'rganilganda ushbu mutasiya aniqlandi. U London va Esseksda tez tarqalib, ushbu o'zgarish bilan bog'liq klaster topildi.
Hozir dunyoda SARS-CoV-2ning to'rt mingga yaqin turi mavjud. Ammo bu mutasiya bir qator xususiyatlarga ega, shu tufayli olimlar unga e'tibor berishmoqda.
Virusning ushbu o'zgartirilgan versiyasida eng muhimi boshoqli oqsildagi N501Y  mutasiyasi bo'lib, u orqali virus inson hujayralari va uning ACE2 reseptorlari bilan bog'lanadi. Sichqonlarda olib borilgan tadqiqotlarda ushbu mutasiya virusning mazkur reseptor bilan bog'lanishini yaxshilagan va shunga ko'ra yuqumliligini oshirgan