Radioga ko'ra, Tönnies go'shtni qayta ishlash korxonasi ishchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 500 ta testdan 400 tasi musbat chiqdi. Yana 500 ta test natijalari kutilmoqda.
Avvalroq, so‘nggi haftalarda nemis go‘sht ishlab chiqarish korxonalarida cheklov choralarini yumshatish va COVID-19 holatlarining o‘sish sur'ati pasayishi fonida koronavirusning tarqalishi qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan, o‘tgan hafta Germaniya hukumati go‘sht sanoati korxonalarida nazorat choralarini kuchaytirish konseptsiyasini ma'qulladi.