Aktsiyada nafaqat Germaniya, balki boshqa xorij davlatlarida istiqomat qiluvchi vatandoshlar ham qatnashdi.

Aktsiya doirasida to'plangan pul mablag'i Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar kesimida yordamga muhtoj oilalarga etkazib berildi.

SHuningdek, Sardoba suv omboridagi talafot sabab Guliston shahridagi bolalar musiqa va san'at maktabiga joylashtirilgan 170 oilaga yordam ko'rsatildi. Guliston shahridagi qurilish kasb-hunar kollejiga joylashtirilgan 120 nafar, Guliston olimpiya zaxiralari kollejiga joylashtirilgan 130 nafar oilaga xayriya yordami berildi.

Buxoro viloyatining Olot, Peshku va Qorako'l tumanida tabiiy ofat oqibatida jabr ko'rgan 75 xonadondan ham e'tibordan chetda qolmadi.             

Ularga eng zarur gigiena buyumlari va antiseptik vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.