Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik o‘qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda. 

Prezidentimiz xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan bog‘lash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy ko‘nikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini ta’kidladi. 

Andijonda tadbirkor bo‘sh turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan o‘qituvchi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezidentimiz bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘rgatish zarurligini ta’kidladi. 

Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshladi. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.