Xususiy tadbirkor senator Ibrohimjon Sultonov tashabbusi bilan Hunarmandlar markazi binosida tashkil etilgan Margʻilon ʻAbr matolariʻ hamda ʻGold silkʻ masʼuliyati cheklangan jamiyatida kooperatsiya usulida hozirgi kunda umumiy hisobda 1100 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlangan.

Ishchilar uchun 2 mahal issiq ovqat hamda doimiy transport xizmati yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, KfW Germaniya taraqqiyot banki Fargʻona viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurishga 200 mln. yevrogacha mablagʻ ajratishi reja qilinmoqda.

Ushbu loyiha uchun 49 mln. yevro Germaniya taraqqiyot bankining granti ajratilmoqda, loyiha qiymatidan kelib chiqib, 150 mln. yevrogacha 15 yillik imtiyozli kredit ham taqdim etiladi. Loyihaviy-baholash hujjati (TEO) tayyorlash uchun ham KfW tomonidan 3 mln. yevro grant ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

Xususan ushbu loyiha doirasida Margʻilon shaharida joylashgan hamda atrof hududlardagi shahar va tumanlarga ham xizmat koʻrsatuvchi oqova suv tozalash inshootlarini, shuningdek, ushbu hududlardagi ichimlik suvi tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda, deb yozmoqda respublika Hunarmand uyushmasi matbuot xizmati.