Tadbir davomida Oʻzbekistonda sayyohlar oqimini tiklash va mamlakatning turizm salohiyatini yana-da yuksaltirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, sohada akademik almashuv va hamkorlikni kengaytirish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan ikki Oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi mehmonxonalar qurishga xorijiy investorlarni jalb etish va mehmonxonalarni boshqarishni taniqli mehmonxona operatorlariga oʻtkazish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, Germaniya universiteti oʻqituvchilarini Samarqand universitetining oʻquv jarayoniga jalb qilish kabi imkoniyatlar koʻrib chiqilyapti.
Tadbir yakuniga koʻra, quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Drezden amaliy fanlari universiteti va “Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti talabalari va oʻqituvchilarining 2021-yilning birinchi yarmida (Germaniyaning DAAD Germaniya akademik almashinuv xizmati moliyaviy koʻmagi bilan) Oʻzbekiston va Germaniyadagi qisqa muddatli kurslarda oʻzaro ishtirokini tashkil etish maqsadida 2021-yil 5-yanvardan kechiktirmay ushbu loyihaning konsepsiyasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzilishiga kelishib olindi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.