“Golograktor” nomini olgan uch oʻrindiqli yelektromobilni haydovchi salonda yoki masofadan turib 5G va sunʼiy yoʻldosh internet orqali boshqarishi mumkin.
Uni yaratishda muhandislar keyingi avlod Truye AR gologramma displeylaridan foydalanganlar. Bu kontent yaratish, ranglarning toʻyinganligini nazorat qilish va displeyda virtual obyektlarni koʻchirish imkonini beruvchi texnologiya sanaladi.
WayRay kompaniyasi 2012-yilda tashkil etilgan va shu vaqt ichida Porsche, Hyundai, Alibaba, Rossiya-Yaponiya investitsiya fondi va Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA va Bahraynning bir qancha xususiy fondlaridan 108 million dollar sarmoya jalb yetishga muvaffaq boʻldi. Hozirda WayRay kompaniyasida 250 nafar xodim ishlaydi. Bosh qarorgohi Syurixda joylashgan va Rossiya, Xitoy va AQSHda vakolatxonalariga ega.