Unga koʻra:

elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi;

yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami boʻyicha amalga oshiriladi;

YHXDX organlarida roʻyxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.