Gidroenergetika sohasida yirik forum boʻlib oʻtadi

    Mamlakatimizda joriy yilning 17-18-fevral kunlari Gidroenergetika sohasida yirik forum va koʻrgazma boʻlib oʻtadi. Hozirda mazkur yirik kongress uchun 150 dan ortiq kompaniya hamda 20 dan ortiq xorijiy davlat vakillarining ishtiroki koʻzda tutilgan.

    Mazkur yirik gidroenergetika forumi va koʻrgazmasi Yevropa, Lotin Amerekasi, Buyuk Britaniya, Eron, Gruziya va MDH davlatlari hamkorligida energetika sohasini rivojlantirish hamda xalqaro yirik tadbirlar, forum va koʻrgazmalarni oʻtkazishda yetakchi hisoblangan xalqaro “Vostock Capital” tashkiloti tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi.

    Oʻtgan yillarda mazkur yirik kongress Qirgʻiziston, Gruziya hamda Rossiya Federatsiyalarida tashkil etilgan. Joriy yil oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yirik tadbir “Vostock Capital” hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamkorligida tashkil etilmoqda.

    Forumdan oʻrin olgan asosiy maʼruzalar mamakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, joriy va kutilayotgan istiqbollarga bagʻishlanishi kutilmoqda.