Gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi

    Agrosektor 2 Noyabr 2022 1571

    Hukumat qarori (628-son, 01.11.2022-y.) bilan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

    Gidroponika – tuproqsiz sunʼiy muhitda oʻsimliklarni yetishtirish usuli.

    Nizomga muvofiq, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, uskuna qiymatining 100 mln. soʻmdan oshmagan qismi respublika byudjetidan qoplab beriladi.

    Subsidiya olish uchun my.vetgov.uz yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga murojaat qilinadi.

    Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

    ▫️uskunalarni oʻrnatish boʻyicha shartnoma va hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi;

    ▫️uskunalar import qilinganda bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.

    Vakil arizani koʻrib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim qiladi va komissiya arizani koʻrib chiqib 5 ish kunida xulosa beradi.

    Xulosa my.vetgov.uz orqali “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga yuboriladi.

    Agentlik 1 ish kunida subsidiya berish yoki rad etish toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.

    Agentlik yil davomida subsidiya oluvchilardan tushgan arizalarni umumlashtirib pul ajratish uchun Moliya vazirligiga buyurtma beradi.

    Moliya vazirligi 1 ish kunida subsidiyani ariza beruvchining hisobraqamiga oʻtkazib beradi.